Uzbekistan

“Innovatsiya va taraqqiyot” jurnali haqida qisqacha ma'lumot

“Innovatsiya va taraqqiyot” jurnali Urganch innovatsion universiteti muassisligida nashr qilinadigan ilmiy-nazariy va metodik nashrdir. Jurnalning asosiy maqsadi – ilmiy tadqiqotlar natijalarini chop etish, zamonaviy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi ilg‘or tajribalarni keng jamoatchilikka yetkazish hamda yosh olimlar, doktorantlar va tadqiqotchilar uchun ilmiy maydon yaratishdan iborat.

Jurnal 2001-yildan buyon faoliyat yuritib keladi va hozirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Fizika-matematika”, “Pedagogika”, “Tilshunoslik”, “Adabiyotshunoslik”, “Falsafa” va “Axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashr sifatida e’tirof etilgan.

“Innovatsiya va taraqqiyot” jurnali har oyda bir marta A4 formatda, o‘rtacha 200 sahifalik hajmda chop etiladi. Unda nafaqat Urganch innovatsion universiteti professor-o‘qituvchilari, balki mamlakatimizning barcha hududlaridagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar tadqiqotchilarining ilmiy maqolalari, shuningdek, Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Polsha, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon kabi xorijiy davlat olimlarining ilmiy ishlari ham e’lon qilinadi.

Jurnal tahrir hay’ati tarkibida yetakchi fan doktorlari, professorlar, dotsentlar hamda yosh olimlar faoliyat olib borishadi.